Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldingi Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan missiyasi oraliq ma’ruzasida, jumladan, ushbu ijtimoiy siyosiy voqea munosabati bilan olib borilayotgan axborot-targ‘ibot ishiga yuqori baho berildi.
Qayd etish joiz, saylov oldi tashviqotini tashkil etish va o‘tkazish siyosiy partiyalarning ixtiyoriy faoliyati bo‘lgani bois, bu ishga saylov komissiyasini jalb qilish anchayin xos bo‘lmagan vazifa.
Shuningdek, saylo voldi tashviqoti payti davlat resurslaridan foydalanish ham taqiqlanadi. Masalan, davlat xizmatchilari, agar ular ishonchli shaxs yoki harbiy, diniy tashkilot xodimi, sudya bo‘lmasa, saylov oldi tashviqoti bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Bundan tashqari saylov natijasini e’lon qilish muddatini asossiz kechiktirishning oldini olish maqsadida saylov komissiyalari qarorlari ustidan apellyatsiya muddati 10 kundan 5 kunga qisqartirildi.
Yana bir muhim yangilik. Saylov oldi tashviqoti uchun ajratilgan mablag‘dan foydalanish shaffofligini ta’minlash maqsadida saylov oldi, oraliq va yakuni moliyaviy hisobotlarni tekshirish natijasini e’lon qilish tartibi o‘rnatildi.
Xorijdagi saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilar ro‘yxati saylovga oid eng og‘riqli nuqtalardan biri edi. Ilgari ro‘yxat ushbu muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan konsullik axboroti va ma’lumoti asosida tuzilar edi. Natijada fuqarolarning saylov huquqi ma’lum darajada cheklanar edi.
Shu bois, saylov qonunchiligiga o‘zgarish va qo‘shimcha kiritilishi bilan fuqarolarimizni xorijda vaqtincha yashayotgan yoki ishlayotgan saylovchilar ro‘yxatiga kiritish tartibi joriy qilindi.
O‘zA