O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorga muvofiq, tizimda shaffoflik va raqobatbardoshlik yanada oshiriladi, fuqarolar uchun bir qator qulayliklar yaratiladi.

Jumladan, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qayta auksion savdolariga elektron tizim orqali avtomatik ravishda qo‘yiladi.

Auksionda yutib olingan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini rasmiylashtirish muddatlarini uzaytirish, shuningdek, ushbu ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini yaqin qarindoshlarning transport vositalariga rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Ayrim ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari auksion orqali oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ro‘yxatiga kiritiladi.

2023 yil 1 iyuldan boshlab auksion savdolari orqali sotilishi belgilanmagan, harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan 680 juft davlat raqami belgilari 6-toifaga doir boshlang‘ich narxda auksionga qo‘yiladi.

Mazkur qarortizimda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

                                                                                                                              O‘zA