Fransiya poytaxti Parijdagi Lotin kvartalida gaz portlashi oqibatida kamida 37 kishi tan jarohati oldi, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir. Bu haqda “The guardian” nashri xabar berdi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, portlash chorshanba kuni soat 17:00 da beshinchi okrugda sodir bo‘lgan va bir necha bino yonib ketgan. Yaradorlarning ko‘pchiligi vayrona ostida qolgan, qidiruv davom etyapti.
Parij politsiyasi boshlig‘i Loran Nunes aytishicha, hodisa Sen-Jak ko‘chasi 277-uyda, ya’ni Amerika akademiyasi, moda va dizayn ikki tilli maktabi joylashgan binoda sodir bo‘lgan.
Mahalliy aholiga ikki zarbning biri kuchli, ikkinchisi kuchsizroq sezilgan.
O‘t o‘chiruvchilar “Alfons Laverana” maydonida qisman qulagan bino ustida ishlayapti.