FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani “Kenes” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Ixlosboy Sog‘inboyev davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanib, bilim va salohiyatini muvaffaqiyatli faoliyat uchun sarflamoqda.
Ixlosboy asos solgan “Sog‘inboyev Ixlosboy” fermer xo‘jaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Shu bilan birga, yosh ishbilarmon qishlog‘ida alyumin profilli eshik va deraza ishlab chiqaradigan sex tashkil qilgan.
– 2021 yil qishlog‘imiz hududidagi 17 gektar yer maydonida fermerlik faoliyatimni boshladim, – deydi Ixlosboy. – Xo‘jaligimizda asosan kartoshka, sabzi, karam, pomidor, qovun, tarvuz kabi bir nechta turdagi sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. 2022 yil “Xalq banki” filialidan 30 million so‘m imtiyozli kredit olib, AKFA eshik va deraza romlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Hozirda ukalarim bilan birgalikda ovul aholisi buyurtmalarini bajarayapmiz.
Maqsad HABIBULLAEV (surat),O‘zA