O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Xitoy Xalq Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Chjan Chjitsze bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildi.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida idoralararo aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdilar.

O‘z navbatida, Xitoy tomoni joriy yilda Xitoyda rejalashtirilayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining yig‘ilishi doirasidagi muloqotning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir do‘stona va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi.

N.Abduraimova, O‘zA