Xabar berganimizdek, ayni kunlarda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyga qarshi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazdi.

“Parij-2024” Olimpiadasiga hozirlik ko‘rayotgan Timur Kapadze shogirdlari mazkur bahsda ham raqiblari ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Xitoy darvozasiga yo‘llangan gollarga Jasurbek Jaloliddinov va Alisher Odilov mualliflik qildi. Birinchi o‘yinda terma jamoamiz a’zolari 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazayotgan O‘zbekiston U-18 terma jamoasi kecha Turkiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Ikkinchi bor o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida hamyurtlarimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoa birinchi uchrashuvda Turkiya terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA