Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun 50 milliard yevroga teng moliyaviy yordam jamlanmasini tayyorlamoqda, deya yozdi “Blumberg” agentligi.

Mablag‘ ajratilishiga oid xabar bugun e’lon qilinishi rejalashtirilgan, ammo reja o‘zgarib qolishi ham mumkin ekan.

Manbada keltirilishicha, grant, imtiyozli kredit va kafolat ko‘rinishida beriladigan mazkur yordam a’zo davlatlar badali evaziga moliyalashtiriladi. Moliyaviy ko‘mak Ukrainada maosh, pensiya to‘lashga yo‘naltiriladi. Infratuzilmani tiklash bilan bog‘liq xarajat va ayrim xizmatlarga sarflanadi.

May oyi boshida Ukraina moliya vazirligi 2023 yil boshidan buyon davlat byudjetiga 26,5 milliard dollar kelib tushgani, shuning 19 milliard dollardan ko‘prog‘ini xalqaro moliya tashkilotlari ajratgan kredit va grantlar tashkil etishini ma’lum qilgan edi.