Ekologiya sohasida faoliyat olib borayotgan jurnalistlarning malakasini oshirish, atrof-muhit va uning muhofazasidagi muammolarni yoritishda OAVning rolini kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonda 16 yildan buyon Ekojurnalistika milliy tanlovi o‘tkazilmoqda.
2017-2018 yillarda Ekojurnalistika Respublika tanlovi O‘zbekiston Ekologik harakati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati, Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari ekoforumi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Tanlovga 2017-yilning 1 mayidan 2018-yilning 1-mayiga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan va efirga uzatilgan ijodiy ishlar taqdim etiladi. Milliy tanlov shartlariga asosan “Televideniye”, “Radio”, “Bosma OAV”, “Internet” yo‘nalishlarida va “Suv – bu hayot” mavzuida maxsus nominatsiya bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi.
Ўзбекистон Миллий телерадиокомпанияси, Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги, “Халқ сўзи” ва “Народное слово” газеталари, “Жамият” ижтимоий-сиёсий газетаси, www.parliament.gov.uz, www.fundngo.uz, www.eco.uz, www.uznature.uz, www.ngo.uz, www.ecoforum.uz веб-саҳифалари Экожурналистика Республика танловининг ахборот кўмакчиларидир.
Tanlovga ijodiy ishlar 2018 yilning 20 aprelidan 2018 yilning 20 mayiga qadar O‘zbekiston Ekologik harakatida (Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 59-uy) elektron shaklda info@eco.uz orqali qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish: 0371 230-41-53, ye-mail: info@eco.uz