O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistondagi Assotsiatsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2019 yilda yurtimizda tashkil etilgan ushbu Assotsiatsiyaning maqsadi O‘zbekiston-Xitoy tadbirkorlari o‘rtasida eksport-import hamkorligini rivojlantirish, ishbilarmonlik munosabatlarini yaxshilashdan iborat.
Kengashda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining o‘rinbosari T.Sattorov, Xitoy tadbirkorlarini O‘zbekistondagi Assotsiatsiya raisi Li Yu qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqich keng muhokama qilishdi.
Delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan, Xitoyda turli yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyati aks etgan taqdimotlari orqali ko‘pgina ma’lumot berdi. Misol uchun, quyosh va shamol energiya stansiyalari, suv tejovchi va tomchilatib sug‘orish tizimlari, kimyoviy va biologik faol preparatlar, parrandachilik va qoramolchilik, tuproqsiz ko‘chat yetishtirish jarayonlari shular jumlasidan.
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillariga hamkorlik takliflari orasida qo‘ziqorin va javdar bug‘doy yetishtirishning innovatsion usullari, quyosh va shamol energiya stansiyalari kabi yo‘nalishlar juda ma’qul bo‘ldi. Ushbu tarmoqlarda hamkorlik masalalari kelishib olindi. Negaki, Xitoyda logistika parki, qo‘ziqorin yetishtirish, ho‘l ziravor va turli gullar yetishtirish kabi yordamchi tarmoqlar juda yaxshi rivojlangan.
O‘zA