“2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023 y.) qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

-bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

-magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023 yil 20 iyungacha tasdiqlaydi.

O‘zA