Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger jurnalistlarga intervyu berarkan, agar huquqim bo‘lganda, AQSH Prezidenti saylovida ishtirok etgan bo‘lardim, dedi. Ta’kidlanishicha, u g‘alabaga erishish yo‘lini ham biladi.
Konstitutsiyaning “Mamlakat Prezidenti AQSH da tug‘ilgan bo‘lishi kerak”, talabi Avstriyadan emigrant bo‘lib kelgan aktyor uchun Oq uyga boradigan yo‘lni to‘sadi.
“Konstitutsiyaviy taqiq bo‘lmaganda 2024 yilgi prezident saylovida ishtirok etgan bo‘larmidingiz?”, – degan savolga u “Ha, shubhasiz!”, deya javob bergan.
“Men saylovda qanday g‘alaba qilishni aniq-tiniq tasavvur qilyapman”, – qo‘shimcha qilgan avval Kaliforniya gubernatori lavozimida ishlagan Shvarsenegger.