Mutaxassislarning  takidlashicha, muzqaymoq nafaqat  organizmni qizib ketishdan saqlovchi mahsulot, balki tushkunlikdan xalos etuvchi samarali vosita hamdir. Inson tushkunlikka tushgan paytda dietologlar “antistress” yeguliklari istemol qilishni tavsiya etishadi. Bunday mahsulotlar ro’yxatining boshida shubhasiz, muzqaymoq turadi. Zero, muzqaymoq stressdan xalos etuvchi ajoyib yegulik hisoblanar ekan. Shuning uchun ham ko’pchilik muzqaymoq yeyishni xush ko’radi.

Muzqaymoqning asosini tashkil etuvchi sut va qaymoq tarkibida foydali va asabni tinchlantiruvchi trankvilizator L-trioptofan moddasi mavjud bo’lib, u asab tizimini tinchlantirish bilan birga, uyqusizlikni yengish va kayfiyatni ko’tarishda yaxshigina naf beradi. Shuningdek, shokolad ham bu borada foydali hisoblanadi. U miyaga dam berish bilan birga uning faolligini ham oshiradi.Bu tabiiy mahsulotda ko’pgina foydali ingrediyentlar mavjud. Muzqaymoq tarkibida organizmda kechadigan moddalar almashinuvi jarayonida muhim bo’lgan aminokislotalar, yog’ kislotalari, 20 ga yaqin vitaminlar, ko’plab mineral tuzlar va muhim fermentlar bor.Muzqaymoq organizmni kaliy, magniy, temir, fosfor va kalsiy bilan taminlaydi.

Muzqaymoqni oz-ozdan istemol qilib turish nafas yo’llarini sovuq haroratga o’rgatib borishga yordam beradi. Buning natijasida esa tomoq og’rig’iga qarshi immunitet hosil bo’ladi. Muzqaymoq yuqori kaloriyali mahsulot bo’lganligi tufayli u ochlikni bosadigan yaxshi ozuqa hamdir. Uning tarkibida shokolad sababli bosh miya quvonch gormoni – endorfinni ko’p ishlab chiqaradi.

                                                                                                                                                                                             M.Nuraddinova,

                                                                                QDU, Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti,

                                                                                   Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar talim

                                                                                                                      yo’nalishi 1-kurs talabasi.

                                                                                                                 Qoraqalpog’iston axborot agentligi