Qur’on musobaqasida kim g‘olib bo‘ldi?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 1-sentyabr kuni Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurganida, yurtimizda Qur’on musobaqasini o‘tkazish taklifini bildirgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvar kuni qabul qilingan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda Qur’on musobaqasi o‘tkazilyapti.

photo5402533199093016732.jpg

photo5402533199093016733.jpg
photo5402533199093016736.jpg
Joriy yilning yanvar-fevral-mart oylarida Qur’on musobaqasining tuman (shahar) va viloyat bosqichlari o‘tkazilgani haqida avval xabar bergan edik.

Bugun, ya’ni 24-aprel kuni poytaxtimizning Olmazor tumani Talabalar shaharchasidagi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga qarashli “Yoshlar markazi”da erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi – 2018”ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

photo5402533199093016739.jpg

photo5402533199093016738.jpg
photo5402533199093016737.jpg
Hakamlar hay’atining yakdil xulosasiga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning Oliy o‘rni (Gran-pri)ga esa qoraqalpog‘istonlik Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov sazovor bo‘ldi. Unga yurtimizda ishlab chiqarilayotgan “Jentra” rusumli avtomobil sovg‘a qilindi.

Birinchi o‘rin esa andijonlik Ubaydulloh qoriga nasib etdi. G‘olibga mukofot tariqasida uch kishiga haj safari uchun sertifikat topshirildi.

18-25 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Nizomiddin qori Ismoilov (Toshkent shahri)

2-o‘rin: Hasan qori Komilov (Qashqadaryo viloyati)

3-o‘rin: Nurmuhammed qori (Qoraqalpog‘iston respublikasi)

26-40 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Rasulbek qori Yo‘ldoshev (Farg‘ona viloyati)

2-o‘rin: Isroilxon qori Ne’matjonov (Namangan viloyati)

3-o‘rin: Fayzirahmon qori Mamajanov (Toshkent shahri)

18-25 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Muhammadiso qori Mahmudov (Farg‘ona viloyati)

2-o‘rin: Abbos’hon qori Obidov (Toshkent viloyati)

26-40 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Ubaydulloh qori Is’hoqov (Andijon viloyati)

2-o‘rin: Abdulhamid qori Saidazimov (Jizzah viloyati)

3-o‘rin: Ahmadjon qori Vorisov (Namangan viloyati)

Diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblari (tilovat yo‘nalishi):

1-o‘rin: Qodirali qori Ahmadjonov (Mir Arab madrasasi).

2-o‘rin: Azim qori Ziyoviddinov (Hidoya madrasasi) Hamidulloh qori Hikmatullayev (Muhammad al-Beruniy madrasasi).

3-o‘rin: Hamidulloh qori Najmiddinov (Toshkent islom instituti) Asrorxon qori Hamidov (Ko‘kaldosh madrasasi).

Diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblari (hifz yo‘nalishi):

1-o‘rin: Yo‘ldoshali qori Nuriddinov (Toshkent islom instituti).

2-o‘rin: Muhammadxoji Mirzo qori Saidaliyev (Toshkent islom instituti).

3-o‘rin: Fozilxon qori Boyxonov (Xalqaro islom akademiyasi).

Shuningdek, musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham qorilar taqdirlandi:

eng xushovoz Qur’on qorisi nominatsiyasi sohibi: Muhsin qori Sodiqov (Farg‘ona viloyati);

eng yosh Qur’on qorisi nominatsiyasi sohibi: Habibulloh qori Ahmadov (Toshkent shahri);

Eng matonatli Qur’on qorisi nominatsiyasi sohibi: Arzibek qori Begmatov (Farg‘ona viloyati).

Eslatib o‘tamiz, 25-26 aprel kunilari ayollar o‘rtasida musoqaning respublika bosiqchi bo‘lib o‘tadi.
Ayollar o‘rtasida ham qizg‘in kechadigan musobaqadan xabardor bo‘lishni istasangiz, saytimizni kuzatib boring.

Tolibjon Nizomov