“Google” kompaniyasining xavfsizlik borasidagi mutaxassislari “”Windows 10 S” operatsion tizimida “o‘rta og‘irlikda”gi nuqsonni aniqlagan.
Bu haqda kompaniyaning rasmiy blogida e’lon qilindi.
Qayd qilinganidek, “Windows 10 S “dagi nuqson xakerlarga o‘zboshimcha kod bilan operatsion tizimni buzib kirishga sharoit yaratib berishi mumkinligi haqida “Google” joriy yilning yanvar oyida ishlab chiqaruvchilarga hisobot jo‘natgan bo‘lgan. Ammo, belgilangan muddat ichida ishlab chiqaruvchilar tizimdagi zaiflikni bartaraf etmagan. Shundan so‘ng “Google” ekspertlari “Windows 10 S”dagi nuqsonni ommaga oshkor etishga majbur bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha aniqlangan zaiflik faqat “Windows 10 S“ga tegishli. Shu boisdan “Windows 10” foydalanuvchilari bundan xavotirlanmasa ham bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: “Windows 10 S“ “Windows 10”ning aynan ta’lim sohasiga mo‘ljallangan yengil variantidir.