FOTOREPORTAJ

Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining respublika bosqichiga start berildi.

Davlatobod tumani ziyo maskanida boshlangan shashka musobaqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 16-21, 22-26, 27-30 yosh toifasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha respublika bahslari ochilish marosimi esa tumandagi “Fazman” tikuvchilik korxonasida bo‘lib o‘tdi.

Marosimda yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshlig‘i Sh. Mo‘minjonov hamda viloyat hokimligi kotibiyat mudiri T. Boymirzayev so‘z olib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA