Ellikqal’a tuman markaziy o’yingohida Qoraqalpog’iston chempionati 2-ligasi 1-turida Ellikqal’a va Amudaryo tumani jamoalari o’rtasida musobaqa o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “O’zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari tog’risida”gi farmoni ijrosini taminlash maqsadida o’tkazilgan musobaqa 1:1 natija bilan yakunlandi.O’tkazilgan musobaqada tuman hokimi o’rinbosari U.Rajapboyev qatnashib jamoaga keyingi o’yinlarda omad tiladi.




Ellikqal’a futbol jamoasi  2-liga 2-turida Beruniy tumani jamoasi bilan o’yini shu yilning 18-iyun kuni Ellikqal’a stadionida bo’lib o’tadi.


M.Nuraddinova,

QDU Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti,

 Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar talim yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

    Qoraqalpog’iston axborot agentligi