Ekvadorda keksa ayol qarindoshlari dafn qilishga tayyorlayotganda qayta jonlandi, deb yozdi “El Universo” nashri.
– Babaoyo shahridagi Martin kasalxonasi shifokori vafot etgan kampir tanasini qarindoshlariga topshirgan, – deyiladi gazeta xabarida. – Kampir bir necha soat tobutda yotgan. Jasadni dafn qilish uchun tayyorlash vaqti kelganda uning o‘g‘li va qarindoshlari tobutni ochib, kampir hali jon bermaganini sezib qolgan.
Tibbiy xodimlar holatni izohlay olishmayapti. Ehtimol, Bella katalepsiya, ya’ni bir necha kunga cho‘zilishi mumkin bo‘lgan harakatsizlik holatiga tushib qolgandir, dedi bir shifokor.
Ayni payt ayol yana kasalxonaga qaytarilgan. Qarindoshlar esa muassasa ustidan sudga da’vo kiritmoqchi.