Triatlon bo‘yicha bir qator musobaqalarga mezbonlik qilayotgan Samarqandda bugun Osiyo kubogi bahslari boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Xalqaro triatlon federatsiyasi prezidenti Marisol Kasado ishtirok etib, sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.

Ayni paytda kubog bahslarining ayollar o‘rtasidagi musobaqasi davom etmoqda. Unda to‘qqiz davlat vakillari bellashmoqda.

G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA