– Sovuq urush zamonida ikki buyuk davlat bor edi, – dedi u. – Berlin devori qulagandan keyin, shunday davr keldiki, AQSH yagona yetakchiga aylandi. Bugungi kunda esa, ma’lum bo‘lyaptiki, kamida uchta eng qudratli davlat – AQSH, Rossiya va Xitoy bilan ko‘p qutbli muhitda turibmiz.
General boshqa ko‘plab mamlakatlar ham o‘z mintaqasida yetakchi pozitsiyani egallay boshlagani va dunyo yetakchiligiga da’vo qilishini ochiqcha bildirayotganini ta’kidladi.
Uning ishonch bilan aytishicha, Xitoy “AQSH bilan ham, qo‘shnilari bilan ham qarama-qarshilikka borishga intilmoqda”.
Pekin yaqin o‘n yilda Osiyo gegemoniga aylanish niyatida, harbiy qudratini asr o‘rtalariga kelib AQSHdan ham kuchli qilmoqchi, deydi amerikalik general.