Sambo bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionati Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda bugun, 8 iyun kuni Qozog‘iston poytaxtida o‘tkazilgan Osiyo-Okeaniya sambo uyushmasining navbatdagi kongressida e’lon qilindi.
Kongressda tashkilotga a’zo milliy federatsiya va assotsiatsiya vakillari ishtirok etib, sambo sport turi rivoji, Osiyo qit’asi mamlakatlarida ushbu sport turining ommalashish jarayonlarini muhokama qildi. Yig‘ilish davomida bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Kongress kun tartibidan joy olgan sambo bo‘yicha 2025 yilgi Osiyo va Okeaniya chempionati mezbonini aniqlash masalasida da’vogarlar orasida Toshkent shahrining qo‘li baland keldi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov kongressda ikki yildan keyin bo‘ladigan chempionatga tayyorgarlik masalasida o‘z fikrlarini bildirdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA