Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari No‘’mon Kurtulmush Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) spikeri etib saylandi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ovoz berish jarayoni uchinchi bosqichida g‘olibni 600 deputatdan 321 nafari qo‘llab-quvvatladi.
Parlament raisligiga turli partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan olti kishi da’vogar edi.
Kurtulmush nomzodini hukmron fraksiya va ittifoqdosh Millatchi harakat partiyasi ilgari surgan.
Saylov tartibiga ko‘ra, ovoz berish uch bosqichda o‘tkazildi. Dastlabki ikki turda g‘alaba qozonish uchun 400 ovoz to‘plash zarur edi.
Kurtulmush 2012 yil Adolat va taraqqiyot partiyasiga qo‘shilgan. 2014-2017 yillarda Bosh vazir o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda madaniyat vaziri va keyin partiya yetakchisi o‘rinbosari lavozimini egallagan.