Vazirlar Mahkamasi “Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida boshlangan yoki bo‘lib o‘tgan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibini belgilaydi.

Nizomda fors-major holatlarni tasdiqlovchi sertifikatni  olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni berish tartibi;

sertifikat olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;

sertifikatni rasmiylashtirish va berishni rad etish tartiblari aniq belgilab berilgan.

Sertifikat talabgorning arizasiga asosan Savdo-sanoat palatasi tomonidan rasmiylashtiriladi va beriladi. Sertifikat berish to‘g‘risidagi ariza Palataga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki uning rasmiy veb-sayti orqali berilishi mumkin.

Mazkur Nizom talablari tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.