Ishdan bo‘shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum bo‘lishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bir yo‘la beriladigan pulli to‘lovdir.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda quyidagi hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi:

– ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra, bundan shartnoma xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) bilan bog‘liq asoslar bo‘yicha bekor qilinganligi mustasno;

– xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan;

– xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘ziga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etganligi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganligi munosabati bilan;

– xodim ish beruvchi bilan birga boshqa joydagi ishga ko‘chishni rad etganligi munosabati bilan;

– xodim tashkilotning mulkdori almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi munosabati bilan ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan.

Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi va u:  

– 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan;

– 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan;

– 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizidan;

– 10 yildan 15 besh yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 150 foizidan;

– 15 besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.

“Yurist tavsiyasi” ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.

Batafsil:  

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA