Ma’muriyat kuzgacha Ukrainaga yordam ajratish uchun yetarli moliyaviy zaxiraga ega, kongressdan qo‘shimcha mablag‘ so‘rashga, hozircha, ehtiyoj yo‘q, dedi Oq uy milliy xavfsizlik kengashi strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi.
– Ukrainani jang maydonida qo‘llab-quvvatlash uchun bizda moliyaviy yil (kuzda yakunlanadi) oxirigacha mablag‘ yetarli, – dedi Kirbi matbuot brifingida.
Uning ta’kidlashicha, qo‘shimcha moliyalashtirish uchun zarurat tug‘ilsa, Oq uy ma’muriyati kongressdan so‘raydi, albatta. Bu ish qulay payt kelganda amalga oshiriladi, hozircha ayni ehtiyoj yo‘q.