AQSH agar Tehron o‘z yadro muammosini hal qilishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatni inkor etsa, Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi uchun bor imkoniyat ishga solinadi. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken shunday bayonot berdi, deb yozmoqda “Trend” agentligi.
“Agar Eron diplomatik yo‘lni inkor etsa, Prezident Jo Bayden har gal ta’kidlayotganidek, ushbu davlatning yadro quroliga ega bo‘lmasligini kafolatlaydigan barcha variantlar ko‘rib chiqiladi”, – dedi AQSH tashqi siyosat idorasi rahbari.
Xabarda aytilishicha, mulozim AQSHdagi yahudiylar manfaatini ko‘zlaydigan eng nufuzli tashkilotlardan biri hisoblangan Jamoatchilik munosabati bo‘yicha Amerika – Isroil qo‘mitasi majlisida so‘zga chiqib, shu haqda gapirgan.
“Eron yadro qurolini qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak va bunga yo‘l qo‘ymaymiz ham”, – ta’kidlagan Blinken.