Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja, cho‘l hududlarida 30 darajagacha iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang- to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

Joriy yilning 7-8 iyun kunlari O‘zbekistonga Eron hududidan issiq havo oqimining kirib kelishi davom etadi. Shu sababli havo harorati ko‘tariladi, jumladan:

7-8 iyun kunlari Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;

7-8 iyun kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;

7-8 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko‘tariladi.

7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.

 

O‘zA