Fransiyalik Karim Benzema joriy mavsum nihoyasiga yetgach, “Real” futbol klubini tark etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, “Real” Benzema bilan uning klubdagi faoliyatini yakunlash bo‘yicha bir qarorga kelgan. 2009 yildan “Real” safida o‘ynab kelayotgan mashhur futbolchi qirollik jamoasida 647 bor maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 353 to‘p kiritgan. U klub tarixida Krishtianu Ronaldudan keyingi eng yaxshi to‘p urar hisoblanadi.