«Silk Avia» aviakompaniyasiga tegishli havo kemasi «Toshkent-Nukus-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvozni amalga oshirdi. Deyarli ikki soat davom etgan dastlabki reys Nukus aeroportiga kelib qo‘ndi.
Ma’lumotga ko‘ra, endilikda ushbu yo‘nalishda haftasiga uch marotaba – payshanba, juma va yakshanba kunlari doimiy ravishda aviaqatnov yo‘lga qo‘yilmoqda. Chiptalarni aviakompaniyaning www.silk-avia.com rasmiy sayti orqali hamda aeroport kassalaridan sotib olish mumkin.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA