Mamlakatda yillik inflyatsiya may oyi yakuni bo‘yicha 39,59 foizga chiqdi, deb xabar tarqatdi mamlakat statistika byurosi.
Inflyatsiya 2023 yil may uchun 0,04, yillik hisobda esa 39,59 foizni tashkil etdi, – deyiladi xabarda.
Ma’lumotda keltirilishicha, eng ko‘p o‘sish restoranga borish, mehmonxonada yashash, sog‘liqni saqlash xizmatidan foydalanishda qayd etilgan.
Aprel oxirida inflyatsiya 43.68, mart oyi yakuni bo‘yicha esa 50,5 foizni ko‘rsatgan edi.
Markaziy bank inflyatsiya yil oxirida 22,3 foizga tushishini taxmin qilmoqda.
Turkiyaning yangi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz asosiy e’tibor inflyatsiyaga qarshi kurashish hamda 6 fevralda yuz bergan zilziladan zarar ko‘rgan 11 muzofotni qayta tiklashga qaratilishi haqida bayonot berdi.