Yangi Mehnat kodeksining 349-moddasiga asosan tashkilotlar rahbarlari o‘zlari tomonidan shu tashkilotga yetkazilgan zararlarni qoplashi kerak.

Yuqoridagi moddaga ko‘ra, tashkilotga uning mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan rahbari tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda tashkilot mulkdorining yoki u vakolat bergan organning qarori asosida qoplanadi. Rahbar zararning o‘rnini ixtiyoriy tartibda qoplashni rad etgan taqdirda, yetkazilgan zarar sud tartibida undiriladi.

Kim ham rahbariga qarshi bora oladi, deysizmi?

“Yurist tavsiyasi” ruknini kuzatib boring va o‘z haq-huquqlaringizni qonuniy himoya qiling.

 

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA