Nukus shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida yakuniga yetgan O‘zbekiston kubogi bahslarida Toshkent shahri jamoasi yakkalik bellashuvlarda 4 ta oltin va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

To‘rt kun davom etgan bellashuvlarda mamlakatimizning 300 ga yaqin sportchisi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqalar davomida 3 tadan oltin, kumush va bronza medallariga egalik qilgan qashqadaryolik polvonlar ikkinchi, 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘argan Xorazm viloyati dzyudochilari uchinchi o‘rindan joy oldi.

Aralash jamoaviy dasturda Qashqadaryo viloyati oltin, Toshkent shahri kumush, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari bronza medallariga ega chiqdi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA