Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Jumladan, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.N. jami 5 ming AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 57,8 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA