Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning sentyabr oyida Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish belgilangan.

Yoshlar siyosati va sport vazirligida mazkur festivalga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov olib borgan yig‘ilishda etnosport festivalining ahamiyati, unda qatnashadigan davlatlarning ro‘yxatini shakllantirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida tegishli sport federatsiyalari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil etildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA