Kelgusi yil Fransiya poytaxtida o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari mash’alasi Eyfel minorasiga o‘rnatilishi ehtimoli bor.

Bu haqda xabar tarqatgan “Reuters” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tashkiliy qo‘mita ikki yildan beri shu masala ustida izlanish olib bormoqda.
Mutaxassislar minoraning eng baland nuqtasiga o‘rnatilgan antennalar olovni yuqoriga chiqarishga xalaqit berishi mumkinligini aytishyapti. Shu sababli mash’ala Olimpiya o‘yinlari yakuniga qadar minorada yonib turishini ta’minlash masalasi, hozircha, so‘roq ostida.
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi kelgusi yil 26 iyul-11 avgust kunlariga belgilangan.