Disneyda ishdan bo‘shatishning uchinchi to‘lqini davom etmoqda. Joriy hafta ish joyi qisqartirilishi kutilayotgan xodimlarga bu haqda xabar qilinadi, deb yozgan “CNN”.
Bu gal ikki yarim mingdan ko‘proq xodim o‘rnini yo‘qotadi. Bosh direktor Bob Ayger bu ish joyi kamayishi bilan bog‘liq oxirgi holat ekanini tasdiqladi.
Dastlabki ikki to‘lqin mart va aprel oylarida kuzatilgan. O‘shanda, taxminan, to‘rt ming ish joyi yo‘q qilingan. Ayger fevral oyida jami yetti mingga yaqin ishchi bo‘shatilishini ma’lum qilgan.
Nigina Safarmatova