Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-aprel oylarida 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 81,3 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2 ming 544 dona elektromobil import qildi.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 ming 815 taga oshgan. Joriy yilning aprel oyida xorijiy davlatlardan 876 dona elektromobil import qilindi.
O‘zbekiston 4 oyda eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar Xitoy – 2 278 ta, Gonkong – 202 ta, Germaniya – 32 ta, BAA – 16 ta, Koreya – 9 ta, AQSH – 4 ta
O‘zA