Xitoy har doim mudofaa strategiyasiga amalga qilgan, yadroviy quroldan hech qachon birinchi bo‘lib foydalanmaydi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
– Xitoy har doim yadro zaxirasiga nisbatan mudofaa strategiyasiga qat’iy amal qilib kelgan, bundan keyin ham shu tamoyildan voz kechmaydi, – tarzida munosabat bildirilgan bayonotda “Katta yettilik”ning yakuniy hujjatiga javoban. – Biz birinchi bo‘lib yadro qurolini ishlatmaymiz.
TIV qo‘shimcha qilishicha, Pekin yadro quroli sonini “milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam daraja”da ushlab turish niyatida. Xitoy majburiyatiga qat’iy sodiq, tuhmatga toqat qilolmaydi.
Shuningdek, “xalqaro hamjamiyat “Katta yettilik” hukmronligini ta’minlovchi G‘arb qoidasi, qadriyati va mafkurasiga tayanishni qabul qilolmasligi” ham qayd etilgan.
O‘zA