“Katta yettilik” yetakchilari Xirosimadagi sammit yakunlanishidan bir kun oldin yakuniy kommyunikeni qabul qilishdi. Bu haqda Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi.
Ishtirokchilar “G7” davlatlari milliy manfaatidan kelib chiqib, Pekinga muayyan xavotirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bildira olish uchun Xitoy bilan konstruktiv va barqaror munosabat olib borish muhimligini ta’kidladilar.
“Xalqaro hamjamiyatdagi roli va iqtisodiyoti mavqeini hisobga olib, Xitoy bilan hamkorlik qilish zarur”, deyiladi, jumladan, hujjatda.
Shu bilan birga yetakchilar “Katta yettilik” o‘z siyosati bilan “Xitoyga zarar yetkazish, XXR iqtisodiy rivojiga to‘sqinliq qilishga intilmasligi”ni qayd etishgan.
“G7” davlatlari, shuningdek, Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizidagi vaziyat, hududdagi status-kvoni bir tomonlama o‘zgartirishga urinishdan xavotir bildirdilar. Tayvan bo‘g‘ozidagi barqarorlik muhimligini yana bir bor tasdiqlab, “Yagona Xitoy” siyosatiga sodiq qolishga va’da berishdi.
O‘zA