Kecha Turkiyada prezident saylovining ikkinchi bosqichi boshlandi. Birinchi kun 470 mingdan ziyod fuqaro mamlakatning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek chegara manzillarida ovoz berdi. Bu haqda “Anadolu” xabar bergan.
Aeroportlar, dengiz portlari va quruqlikdagi nazorat joylarida 19,5 ming fuqaro ovoz berdi, 452 ming kishi chet ellardagi saylov uchastkalariga bordi.
Shanba kuni ertalab 73 mamlakatda 156 uchastka ochildi. Respublikadan tashqarida 3,4 mingdan ziyod saylov qutisi o‘rnatilgan.
Jarayonda jami 3,6 million fuqaro qatnashadi. 2005 yil 29 maydan oldin tug‘ilgan 47 mingga yaqin turkiyalik ilk bor ovoz beradi.
Xorijdagi saylov 24 maygacha davom etadi.
Chegara punktlarida ochilgan saylov shoxobchalari 28 may mahalliy vaqt bilan 17 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
Mamlakat yetakchiligi uchun amaldagi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an va bosh muxolifatchi – Respublika xalq partiyasi rahbari Kamol Qilichdoro‘g‘li kurash olib boryapti.