Xitoyning sharqiy qismidagi Shandun provinsiyasida 110 dan ortiq qadimiy sag‘analar topildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Maqbaralar Lyaochen shahrining Chanpin tumanida topilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ular Szin (1115-1234 yillar) va Sin (1644-1911 yillar) sulolalari oralig‘idagi davrga mansubdir. Sag‘analar ichida oltin, kumush, bronza va sopoldan yasalgan turli buyumlar borligi aniqlangan. Bundan tashqari, Yuan (1271-1368 yillar) sulolasiga tegishli bo‘lgan maqbaralardan birida  yaxshi saqlanib qolgan suratlar topilgan. Ularda farovonlik ramzi bo‘lgan hakka va novdalar tasvirlangan bo‘lib, bu an’anaviy  xitoycha naqshlar hisoblanadi.

Madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish markazi direktori Li Sindunning xabar berishicha, suratlar Chanpin tumanidagi muzeyga topshirilgan, iyun oyida esa ular tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havola etiladi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.