Ayollar futboli bo‘yicha “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari Osiyo mintaqasining 2-saralash bosqichi bahslari “S” guruhi o‘yinlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ushbu nufuzli o‘yinlarga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiya, Vetnam va Hindiston jamoalari bilan “S” guruhidan joy oldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA