Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘zining mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam berishga tayyor, dedi juma kuni XXR raisi Si Szinpin Sianda bo‘lib o‘tgan Xitoy – Markaziy Osiyo sammitida.
Sinxua agentligining yozishicha, Si Szinpin shuningdek, “Xitoy – Markaziy Osiyo mamlakatlariga huquq-tartibot organlarining xavfsizlik sohasi va mudofaa salohiyatini mustahkamlashida yordam berishga tayyor ekanini hamda ushbu mamlakatlarning mintaqaviy xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab quvvatlashini”, – ta’kidlagan.
“Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti 18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida Si Szinpin raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etmoqda.