Turkiyaning yangi hukumati 5 iyundan kechiktirmay ish boshlaydi, avvaldan ishlab kelayotgan qator vazirlar o‘z lavozimlarini saqlab qolishlari mumkin. Bu haqda “Ekonomim” gazetasi amaldagi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an boshchiligidagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, partiya 14 may kunidagi saylovlardan keyin hukumatning yangi tarkibiga nomzodlar tanlashni boshlab yuborgan. Mudofaa vaziri Xulusi Akar, Ekologiya va shaharsozlik vaziri Murat Kurum hamda Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vaziri Vedat Bilgin lavozimlarini saqlab qolishlari qayd etilgan.
Avvalroq Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirlari Mevlyut Chavusho‘g‘li va Sulaymon Soylu hukumat tarkibida qolishlari aytilgan edi.
“Ekonomim” nashri, shuningdek, Parlament raisi Mustafo Shentop Turkiya vitse-prezidenti etib tayinlanishini ham taxmin qiladi.