O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Fuqaro A.G. fuqaro A.Z.ga Nukus shahridagi “Qum aul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yer maydonining olti sotixini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga 23 million so‘m talab qilingan. Ushbu holat Ichki ishlar xodimlari tomonidan nazoratga olinib ishtirokchilar dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA