Yevropa Ittifoqi Kengashi 2024 yil 6-9 iyun kunlari Yevropa parlamentiga saylov o‘tkazish qarorini ma’qulladi. Bu haqda YeIga raislik qilayotgan Shvetsiya tomonidan tegishli bayonot berildi.
A’zo davlatlar saylovni belgilangan kunlari o‘tkazish bo‘yicha konsensusga erishgan. Sanani Yevroparlament rahbari Roberta Metsola tasdiqladi.
O‘zA