Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) odamlarning mustaqilligini va aholining salomatligini himoya qilish uchun insoniyatni chatgpt kabi sun’iy intellektlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqiradi, deyiladi tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotda.

Tashkilotning aniqlik kiritishicha, ChatGPT, Bard, Bert va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash  tez tarqalayotgan platformalar insonlar muloqotlarini tushunish, tahlil qilish va  qayta ishlash qobiliyatiga ega.

Tashkilot ushbu muammoni qayta ko‘rib chiqish zarurligini va sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohasida keng qo‘llanilishining foydasini aniq faktlar bilan dalillash zarurligini ta’kidlagan.