AQSH Prezidenti Jo Bayden “Katta yettilik” sammitida ishtirok etish uchun chorshanba kuni Xirosimaga boradi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSH, Fransiya va Yaponiya rahbarlaridan tashqari Avstraliya, Braziliya, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Kuk orollari, Komor orollari ittifoqi va Janubiy Koreya yetakchilari ham sammitga taklif etilgan.

18 may kuni Bayden Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.

Sammit davomida Ukrainadagi nizo, Pekinning Tayvan bo‘g‘ozi va Janubiy Xitoy dengizidagi faoliyati asosiy mavzu bo‘lishi aytildi.

Bayden Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazib, iqtisodiy xavfsizlik, harbiy mashqlarni kengaytirish va KXDRga nisbatan qo‘shma siyosatni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zA