Mamlakatimizda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan “OQTOSH-CHORVOQ MOUNTAIN” ko‘p kunlik poygalarda 14 ta mamlakatdan 120 nafar sportchi “Parij-2024” Olimpiadasi reyting ochkolari uchun bahslashdi.
Poytaxtimiz va Toshkent viloyati trassalarida o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro velosportchilar ittifoqi (UCI) taqvim rejasidan o‘rin olgan turnirda velosportchilarimizdan Yanina Kuskova, Olga Zabelinskaya, Margarita Misyurina, Ulug‘bek Saidov, Begzod Rahimboyev, Aleksey Fomovskiy umumiy g‘alabaga munosib ulush qo‘shdi.
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi xabariga ko‘ra, erishilgan natija tufayli O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi “Parij-2024” Olimpiadasining 151, ayollar jamoasi esa 402 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA