Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 29-31 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 15-17 may kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yidan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.15-17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15-16 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 may kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va respublikaning tog‘li hududlari ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Ayrim tumanlarda do‘l yog‘ishi mumkin, Baland tog‘li (2000 metrdan yuqori) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
15-16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarida, 16-17 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 23-25 metrgacha tezlashishi mumkin.
15-16 may kunlari shimolda, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzi havo harorati 17-22 darajagacha pasayadi.
16-17 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi mumkin.
O‘zA