Eron parlamentining tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Fada Husayn Malikning aytishicha, Eron va Misr diplomatik aloqalarni tiklashga tayyorlanmoqda.
Malikiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ikki davlat delegatsiyalari muzokaralar olib bormoqda, yaqin kelajakda diplomatik aloqalarning tiklanishi kutilmoqda.
Deputat birinchi navbatda ikki davlat elchixonalari ochilishini, so‘ngra Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Misr Prezidenti Abdulfattoh al-Sisi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishini ta’kidladi.
Nigina Safartova, O‘zA